Buyuk Britaniya sobiq tashqi ishlar vaziri Uilyam Xeyg o’zining CNN ga bergan intervyusida Birlashgan Qirollik Kiyevga harbiy havo kuchlari bo’yicha yordam bermasligini ma’lum qilgan. Uning so’zlariga ko’ra, Britaniya o’z siyosatini o’zgartirmagan holda Ukrainaga faqat yerdagi harbiy harakatlarda yordam ko’rsatishini hamda bu haqda tashqi ishlar vaziri va mudofaa vazirining kelishuvi mavjud ekanligini ta’kidladi.
Britaniya bilan bir qatorda Germaniya, Finlandiya, Vengriya, Daniya, Fransiya vakillari ham Kiyevga qurol berishdan bosh tortganlar.
Eslatib o’tamiz, hozircha Ukrainaga Polsha va Litva qurol yetkazib berishga tayyorligini bildirgan.
Idrok.uz