Ukrianalik harbiylar shu kecha-kunduzda harbiy harakatlarni vaqtinchalik to’xtatib turish kelishuvini 37 marotaba buzgan holda Donetskda 7 nafar tinch aholi vakillarining o’limiga sababchi bo’lishdi. Bu haqda Interfaks nashri xabar bermoqda.
«1 kun ichida Donetskda 44 kishidan 33 kishi jarohat oldi, 7 nafar odam halok bo’ldi. Respublikadagi 2 ta kasalxona, bolalar bog’chasi va cherkovga hujum qilingan holda, avval ishlatilmagan usullarni ishlatishmoqda. Tekstilshikda 4 nafar, Leninskiyda 2 nafar aholi vakili halok bo’ldi. Donetskda 50 ta, Petrovskda 20 ta, Leninskiyda 15 ta qo’poruvchilik qayd etildi. 1-yanvardan shu paytgacha 64 nafar tinch aholi vakili vafot etdi», deydi Donetsk Xalq Respublikasi mudofaa vaziri o’rinbosari Eduard Basurin.
Idrok.uz