Chegaradan shaxsiy iste’mol tovarlarini  olib o’tishdagi cheklov bekor qilindi

Qo’shni mamlakatlardan shaxsiy iste’mol uchun  tovarlarini bojsiz olib kirish uchun $ 10 miqdoridagi cheklov bekor qilinadi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.

Limitni qayta ko’rib chiqish to’g’risidagi hujjat hali rasman imzolangan bo’lmasada,  Qozog’iston bilan chegara punktlarida yil boshidan buyon shaxsiy foydalanish uchun tovarlarni 1000 AQSh dollari miqdorida boj to’lovisiz import qilishga ruxsat beriladi. Buni «G’isht Ko’prik» nazorat punktiga payshanba kuni tashrif buyurgan mahalliy nashr muxbiri tasdiqladi.

Qo’shni davlatlardan import qilinadigan tovarlar uchun $ 10 standarti 2009 yil iyun oyida «Ichki iste’mol bozorini himoya qilish» maqsadida qo’shni mamlakatlardan bir marotaba import qilingan mahsulotlar uchun yaratilgan. Bundan oldin bu cheklov $25 edi. Endilikda  $1000 gacha bo’lgan iste’mol tovarlaridan turidan qat’iy nazar import boji olinmaydi.

Fuqarolarning Qozog’iston chegarasidan o’tish jarayoni ham ancha osonlashdi. «Men besh daqiqadan chegaradan o’tdim, hech kim yuklarimni bittalab tekshirib ko’rmadi, faqatgina rentgen nurlaridan o’tdik», dedi O’zbekiston ostonasiga qadam qo’ygan bir kishi.

Bu yengillik nafaqat chegaraga yondosh hududda yashovchi aholini balki, qo’shni davlatlar bilan qarindosh-urug’lik aloqalari bor boshqa yurtdoshlarimizni ham behad quvontiradi. Chunki bir narsani tan olish  kerak, qo’shni Qozog’iston Respublikasida xalq iste’moli mollari O’zbekistonga nisbatan sezilarni darajada arzon. Hamma narsa inson manfaatlari uchun xizmat qilishi kerakligi siyosat darajasida belgilanayotgan bugungi kunda ushbu imtiyoz ham xalqimizni behad quvontirishi shubxasiz.

Eslatib o’tamiz, boj olinmaydigan tovarlarni chegaradan olib o’tish tijorat faoliyati bilan shug’illanuvchi shaxslarga nisbatan qo’llanilmaydi.

Shuni ham alohida aytish kerakki, 1 yanvardan boshlab O’zbekistondan import qilinadigan va eksport qilingan naqd xorijiy valyutani $ 2000 miqdorida yozma ravishda deklaratsiya qilish ham bekor qilindi.

_________________________________________________________IDROK.UZ_____

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

Flag Counter