Umumiy baho
Biz bugun shiddat bilan rivojlanayotgan bir davrda yashayapmiz. Har qadamda insoniyat yangi cho’qqilarni zabt etyapti. Bunday davrda esa kelajakdagi o’zgarishlarni oldindan ko’rib bir qadam oldinda yurgan inson g’alabaga juda yaqin bo’ladi. Qadimgi tarixiy davrlarda podshohlar, vazirlar, katta savdogarlar kelajakdagi sodir bolishi mumkin bo’lgan hodisalarni bilishga harakat qilishgan. Chunki o’sha davrlarda ham hozirgidek zamondan bir qadam oldinda yurish katta muvaffaqiyat belgisi hisoblangan.
Hozirgi biz yashayotgan davrda esa kelajakni tog’ri tasavvur etib, bir qadam oldinda yurish har qachongidan ham muximdir. Kelajakni tog’ri tahlil qila olish bu katta omad deganidir. Masalan APPLE kompaniyasi asoschi, FACEBOOK asoschisi, BITKOIN yaratuvchisini aytib o’tish mumkin. Kelajakni tog’ri tahlil qilgan inson huddi shular singari omad cho’qqilarini zabt etadilar. Tabiiy savol tug’iladi: kelajakni tog’ri tahlil qilishda eng muhim omil nima, nimalarga e’tibor berish lozim. Zamonaviy tilda kelajakni tahlil qilish ANALITIKA deb yuritiladi. Dunyodagi barcha soxalarda davlat boshqaruvi savdo-sotiq, marketing, logistika, sanoat, ta’lim qo’yingki hamma faoliyatda analitika muhim hisoblanadi. Ushbu soxalarning hammasi rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda analitik taxlillardan foydalanadi.
Analitik tahlil uchun- ya’ni ma’lum bir soxaning kelajakdagi rivojlanishi tendensiyasini bilishning eng asosiy vositasi bu ushbu soxaning o’tgan davrdagi amalga oshirgan faoliyatini o’rganish ya’ni tarixini o’rganishdir. O’tgan davrdagi faoliyatni o’rganish kompaniyalarning hozirgi va kelajakdagi rivojlanishini belgilab beradi.
Bugun biz ham bir kompaniyaning o’tgan davrdagi foaliyati tahlilini o’rgangan holda, ushbu kompaniyanining rivojlanish strategiyasini ko’rsatib berishga harakat qilamiz.
Bugungi suxbatimiz ikki yarim yil vaqt oralig’ida o’z o’rniga va mavqeyiga ega bo’lib ulgurgan O’zabekistonda birinchi milliy bitcoin nomini olishga harakat qilayotgan nafaqat O’zbekistonda balki Markaziy Osiyoda elektron aktivlar yo’nalishida yagona bo’lgan ,,MANGU INNOVATION’’ kompaniyasining o’tgan ikki yarim yildagi faoliyati, hozirgi holati va rivojlanish strategiyasi haqida bo’ladi.
,,Mangu Innovation’’ o’z nomi bilan mangu porlab turishini niyat qilgan holda 2018-yil 1-martdan o’z faoliyatini boshladi. Ushbu kompaniya nafaqat O’zbekistonda butun Markaziy Osiyoda elektron aktivlar yo’nalishidagi yangi va yagona startap loyiha sifatida tarixga kirdi. Hozirgi kunda kompaniya IT park guvohnomasi va reklama xuquqi asosida faoliyat yuritib kelmoqda va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili munosabati bilan qabul qilingan qununlarga binoan 10 yil muddatga soliq va boshqa majburiyatlardan ozod etilgan. Qisqa vaqt davomida mangu investorlarning katta qiziqishlariga sabab boldi va ko’plab tadbirkorlar hamkorlik qilish taklifini bildirishdi.Buning natijasida birinch kunda 1000 so’m nominal narxdan savdoga chiqarilgan mangu piksellari dastlabki yetti oy ichidayoq 5070 so’mgacha ko’tarildi va ko’plab kelajakni to’g’ri taxlil qilaolgan investorlar yaxshi daromad soxibiga aylanishdi.Bu esa loyiha kelajagiga yangi investorlarning ishonchin yanada orttirdi va hamkor investorlar soni ko’paydi.Sekin asta mangu kompaniyasi xorijiy investorlar qiziqishiga ham sabab boldi. Bir qator xorijiy davlatlardan Rossiya,Qozog’iston,Litva, Turkmanistondan investorlar hamkorlik taklifini bildirishdi.
Ikki yarim yil davomida vaqt sinovidan o’tib investorla rishonchini oqlab kelayotgan mangu kompaniyasi bugungi kunda 26 ming dan ortiq ishtirokchiga ega va bu ko’rsatkich kun sayin ko’payib bormoqda.Ushbu miqdor bevosita piksellar aylanmasida ham yaqqol ko’rinib turadi-ya’ni mangu.uz platformasida kunlik piksellar aylanmasi 1000 tadan 30 mingtacha va undan ham yuqori korsatkichlarni qayt etdi. Yillik savdo aylanmasi esa 5.5 -6 milliyard so’mn itashkil qildi.Hozirgi kunda mangu.uz investorlari kompaniya piksellari umumi qiymatining 58 foiziga o’z invistitsiyalarini joylashtirishgan.

2020-yil butun dunyoda katta voqea- hodisalar bilan o’tyapti.Dunyo bo’ylab tarqalgan virus [COVID] davlatlar iqdisodiyotiga jiddiy ziyon yetkazdi.Yirik kompaniyalar,korporatsiyalar faoliyati to’xtab qoldi . Ushbu hodisalar yurtimizdagi boshqa kompaniyalar singari,,mangu innovation’’kompaniyasiga o’z ta’sirini o’tkazdi.Bu ta’sir mangu piksellari narxining sezilarl darajada tushib ketishiga olib keldi.Narxlar aprel oyiga kelib, 1200 so’mgacha pastladi.Shunday qiyin vaziyatda ham mangu.uz investorlari va kompaniya xodimlari birgalikda kuchli ishonch sabr bilan harakat qilishdi. Qisqa fursatda harakatlar o’z samarasini berdi sekin asta yana platforma jonlanib narxlar ko’tarila boshladi va 1600-1700 so’mgacha yetib bordi.To’rt oy davomida ushbu narx saqlanib turdi. Bu davrda narxlarning shu qiymatda saqlanib turishini ham birgalikdagi mehnatning samarasi deyish munkin edi.Chunki dunyo fond birjalarining shu davrdagi statistikasiga qareydigan bolsak,xatto birinch iraqamli iqtisodiy davlatlar hisoblanadigan Amerika vaXitoyda ham fond birjadagi hola to’tgan ikki yildag ieng past ko’rsatkichn itashkil qilmoqda edi, savdo jarayonlar ideyarli to’xtab qolgandi. Mangu innovationda esa narx birmuncha oshishiga erilgan savdo aylanmasini ham jonlanishi kuzatildi.To’gri,foyda olish imkoniyati kamaygan yoki to’xtab qolgan bo’lishi mumkindir lekin bu o’zgarishlar investorlarning qiyin vaziyatdan deyarli yo’qotishlarsiz chiqib olishlariga imkoniyat yaratdi.Iqtisodiyot deyarli to’xtagan davrdan katta zararsiz chiqib olinishi kompaniya va investorlar o’rtasidagi hamkorlik natijasidir.
Hozirgi davrda esa kuchli mehnat , sabr va ishonch tufayli hozirda mangu piksellari narxi yana ko’tarilishni boshladi.Investorlarning daromad olish imkoniyatlari yanada kengaydi.Chunki mangu.uz investorlari pikse lnarxi tushganda sotib olib narxlar ko’tarilganda qayta sotish orqali daromad ko’rishlari mumkin bo’ladi.Narxlarning ko’tarilish tendendiyasi ko’plab investrorlarga katta foyda olib keldi.2020-yil iyul -avgust holatiga ko’ra1600 bo’lib turgan pikse lnarxlari 2500 so’mgacha ko’tarildi va ko’tarilishda davom etyapti.Bu jarayonlar mangu kompaniyasing kelajakdagi rivojlanish tendensiyasini ko’rsatib berdi va mangu aktivlarini sotib olish istaginini bildirgan yangi investrorlar sonini yanada oshirdi.Har kuni 200-300 ta yangi investor hamkorlik qilish istagini bildirishmoqda.
Bildirilayotgan bu kabi katta ishonch va qiziqish kompaniya mas’uliyatini yanada oshirdi va katta maqsadlar bilan harakat qilishiga turtki bo’ldi.Ikki yarim yillik mehnat va harakatlar qolaversa investorlar bildirayotgan ishonch bilan ,,mangu’’ kompaniyasi VINDAX xalqaro birjasida savdo qilish imkonyatiga ega bo’ldi. Ya’ni 2020-yil oktabr oyidan boshlab mangu kompaniyasi investorlari xalqaro birjada o’z elektron aktivlari bilan savdo ishlarida qatnashishlari mumkin bo’ldi. Xalqaro birjada o’zbekcha nom bilan ya’ni ,,MANGU.UZ’’ nomi bilan savdo ishlari boshlanishini kompaniyaning qolaversa investrorlarning chin ma’noda katta yutuqlari deb hisoblash mumkin.
Bunday yutuqlar hali to’xtab qolgani yo’q. ,,Mangu.uz’’ vindax xalqaro birjasi ro’yxatiga kirishi bilan ko’plab chet ellik investorlar mangu .uz kompaniyasi bilan hamkorlik qilish taklifi bilan chiqishdi, ko’plab expertlar analitiklar kompaniya kelajagi va rivojlanish tendensiyasiga katta baxo berishgani erishilgan yutuqlarning davomidir.
Xalqaro va mahalliy expertlar mangu kompaniyasining rivojlanishi va kelajakdagi yutuqlarini bir nechta faktorlar bilan belgilashyapti. Ularning eng asosiylarini ko’rsatib o’tsak manimcha kompaniya kelajagini tog’ri tahlil qilishimiz uchun sal bo’lsada yordam beradi.
1.O’tgan ikki yarim yilda deyarli 60 foiz piksellarning investorlar qo’liga o’tishi savdo ayalmasinning o’sishi va qisqa muddatda katta auditoriyaning qiziqishiga sabab bo’lgani , ikki yarim yil davomida ko’plab investorlar ishonchini oqlagani kompaniya imkoniyatlari yuqori ekanligini ko’rsatib turibdi.
2.Markaziy Osiyoda o’z yo’nalishida yagona kompaniya ya’ni Markaziy Osiyoda keyinchalik tashkil topadigan shu yo’nalishdagi boshqa kompaniyalar manguning tajribalaridan va himoya tizimidan foydalanib jahon birjasiga chiqishga harakat qilishadi. Bu esa kompaniyaga katta daromad olib keladi.
3.Mangu piksellari umumiy qiymatining kamligi ya’ni mangu piksellari Vindax xalqaro birjasida eng kam miqdorga yani 1 017 125 ta ega bolgan yagona token hisoblanadi. Expertlar fikricha ushbu faktor katta qiziqishga va narxlarning tez fursatda ko’tarlishiga katta ta’sir qiladi.

4.Nominal qiymati boshqa yangi tokenlarga nisbatan yuqori [50 sent] belgilanganligi xalqaro investorlarning sotib olish istagini yanada kuchaytirishi mumkin.Chunki nominal narx keyingi narx ko’tarilishiga tasir qilish ehtimoli yuqori.
Bu kabi ijobiy tahlillarni ko’plab aytib o’tish mumkin. ,,Mangu’’ kompaniyasi o’z maqsadlari va investorlar manfaatlari yo’lida doimo harakatda . O’zining uzoq yillik rivojlanish strategiyasini ishlab chiqqan. ,,Mangu innovation’’ kompaniyasi barcha yutuqlarini kompaniya va uning investorlari yutug’i deb hisoblaydi va ikki yarim yillik faoliyat davomida birga bo’lgan barcha hamkorlariga sog’lik-salomatlik, omad, kelajakdagi yutuqlarga ham mangu bilan birgalikga erishishlarini tilab qoladi.
,,MANGU INNOVATION’’-Raqamli kelajakni birga quramiz!!!
Jahongir IZZATILLLAYEV,
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti Xalqaro munosabat fakulteti
3-boshqich talabasi.