O'tkazib yubormang

Kriptovalyuta – global iqtisodiy-siyosiy masala

Asrimizning zamonaviy fiqhiy masalalarini kuzatib, aynan iqtisodiy savollarga millatimiz ulamolari berayotgan ba’zi fatvolar bilan tanishib, bir narsa ma’lum bo’ldiki, uchinchi jahon urishi boshlanib bo’lgan faqat uni Biz ko’rmayapmiz.

https://coincrunch.in/

Bilasizmi, boshqa millatlarga aqliy va qalbiy tobeligimizning, musulmon bo’laturib ongu-shurimiz yevropaga taqlid qilaverishining sababi aslida nima?! Masala shundaki, fikrlashdan, tasavvur olamidan ancha uzoqmiz. Shaxsiy intelekt, yangicha dunyoqarishni qabul qilmaymiz. Balki istamaymiz, balki qo’rqamiz. Biror yangicha fikr idealogiyasini to’liq o’rganib chiqmay turib, xukm chiqarishga shoshilamiz.

Kapitalizm paydo bo’libdiki, iqtisodning siyosatdan ustunlik tamoyili ushbu tuzumning rivojlanish va taraqqiyotiga asos bo’lgan. Ammo asl haqiqat shar’iy siyosat yo’li: bu Qonun yo’li, Qur’on yo’li, Adolat yo’li. Iqtisodimizdagi tillami, kumushmi, olmosmi har qanday moddiy shakl esa Alloh azza va jalla belgilab bergan shu yo’l ichidagi turmushumizda oddiy bir hizmatchi, vosita xolos. Allohning nazdida dunyo matohi pashshaning qanoticha ham ahamiyat kasb etmasligi aniq va ravshan haqiqat.

Taassufku, bugun istaymizmi yo’qmi Biz moddiyatni asos qilib olgan jamiyatda yashayapmiz. Butun dunyo kapitalistlarga hizmat qilmoqda.

Tanazzulimizning asl sababi esa Mahmudxo’ja Behbudiy yozganlaridek, zamon o’zgarishlarini faqat xayrat va taassuf bilan fikrsiz kuzatishimizda. Bilmaymizki, ana shu ilmsizlik bir kun Bizni ildizimiz bilan qo’porib tashlashi mumkin.

Kapitalistik oqim hudud, irq, millat va din tanlamasdan har sohaga shiddat bilan yopirilib kelmoqda. Bugun zamonaviy dunyoda birja, kriptovalyuta, qimmatbaho qog’ozlar savdosi dunyo iqtisodiyotining taqdirini hal qilayotgani hech kimga sir emas.

Shunday bir paytda esa axli ilmlar musulmon millating o’z bozori, o’z birjasi, o’z pul birligi bo’lishi kerakligini tafakkur qilish o’rniga, aksar holatda ushbu yangi moliyaviy tushunchalarni keskin rad etish va faqat ixtilofiy tomonlarini ko’rsatib berish bilangina bandlar.

Oxirgi o’n yillikda kirib kelgan kriptovalyuta – maxsus dastur orqali kodlangan qimmatbaho qog’oz – elektron pullar savdosi dunyoda chinakam iqtisodiy voqelik yaratdi. Dastlab 2009-yil 3-fevral sanasida Satoshi Nakomota deya taxmin etiluvchi shaxs(lar) tomonidan internet orqali sotuvga chiqarilgan bu dasturiy ta’minot yacheykasi dastlab 1 sentdan ham quyi narxda bo’lib, 100 AQSH dollariga 1350 dona BTC taqdim etilgan. Tarixan qisqa vaqt ichida o’sha yacheykaning bir donasi hozir taqriban 50000 AQSH dollarini tashkil etmoqda. Xo’sh, aqlimiz oladimi?!

Bugun dunyo ommaviy axborot vositalarida iqtisodchilarning «kelejak valyutasi» haqidagi ilmiy nuqtai nazarlari, 50 yildan so’ng jahonda qog’oz pullar umuman yo’qolib ketishi haqidagi farazlari muntazam chop etilmoqda va fikrlarda bu tizim tavakkalga asoslangan moliyaviy o’yin ekanligi va undan foydalanmay turish haqidagi tavsiyalar ham uchramoqda. Voqelikda esa ushbu o’tgan vaqt ichida kriptolar kelajagini ko’ra olgan holda AQSH va bir nechta yevropa davlatlari va hatto Rossiya ham markazlashgan kriptoinstrument yaratishga va uni bitkoin tendensiyasigacha tenglashtirishga ulgirdi. Bu nimani ifodalaydi?! Dunyoning o’nta gegemon davlati iqtisodiy jihatdan o’zlariga hizmat qilib kelayotgan boshqa yuzlab davlatlarni marraga yetib olgunlaricha kriptosistemaga yaqinlashmay turishlari istashmoqda. Maqsad oddiy: bugungi moliyaviy boshqaruvni kelajakda ham o’z qo’llarida saqlab qolish.

Ma’lum vaqtdan so’ng barcha dunyo mamlakatlarida qog’oz pullar o’rnini kriptovalyutalar egallagach, bugungi global iqtisodiy qullikni ana o’sha gegemon davlatlarning o’zi davom ettirishi kerak. Oddiy qilib aytganda bu yaxudiylarning davriy rejalashtirgan puxta rejasi.

1988 yilda Britanyada mashxur Rotshild oilasiga tegishli “The economist” nashrida «Yagona dunyo – yagona valyuta» sarlavhali kelajakda paydo bo’ladigan raqamli intelekt haqida post nashr etilgan. Va ushbu maqolada yonayotgan pullar ustida mag’rur holda boshida toj bilan qiyofalangan burgur rasmi ifodalangan. Eng qizig’i burgut ko’kragida ramziy tanga shakli va unda 2018 yozuvi bor.

reddit.com

2018 yilda 1 BTC kurs dunyoni lol qoldirib, keskin ko’tarildi: 1BTC = $19000.

Shaxsan o’zim o’sha paytda O’rikzor bozoridan do’konlarini sotib o’ntalab BTC sotib olgan savdogarlarni bilaman.

Xo’sh, zamon qayoqqa qarab ketmoqda?! Dinimiz dushmanlari nimani rejalashtiryapti?! Musulmonlarchi?!

Britanya nashrida bundan 30 yil aval berilgan xabar tasodifmidi?!

Aynan 1988 yil Amerika qo’shma shtatlari xavfsizlik tizimi va unda foydalanilgan aqlga sig’mas uslublar haqida hikoya etuvchi Den Braunning “Raqamli qal’a” nomli asari bor. Kitob kriptografika dunyosi AQSH milliy xavfsizligi va rivojlanishiga naqadar bog’liq ekanligi haqida hikoya qiladi.

Yuqoridagi holatlarga chorak asrdan ko’p vaqt o’tdi. Britanya qirolligi, Okean orti mamlakati siyosiy-iqtisodiy xavfsizlik tizimi bugun qay shaklda ekanligini o’zingiz tasavvur qiling va ayni damdagi musulmon dunyosining zamonaviy ilm-fanga munosabati bilan solishtiring.

Kriptovalyutalar internetda fenomen xavsizlik tizimi sifatida tan olingan blokcheyn sistemasi bilan ishlaydi. Blokcheyn esa bu ilm. Shariatimiz bilimdonlari izohining aksi o’laroq kriptovalyutalar tendensiyasi Markazlashgan – aniq javobgari bor, sadvo aqdi paytida mavjud, qo’lga kiritilishi tayin bo’lgan holatga yetib keldi.

BAA allaqachon «BitOasis» nomi bilan Bitcoin almashinuviga ega va ular «Bitcoin Wallet» kabi xizmatlarni taklif qilishmoqda. «BitOasis» shuningdek, Qatar, Quvayt, Bahrayn va Saudiya Arabistonida xizmatlarini taklif etadi. Shuningdek, APAC mintaqasida Bitcoin Indoneziya va Malayziyada «Coinbox» kabi Bitcoin bilan bog’liq xizmatlarni taklif qiluvchi tizimlar mavjud.

https://blossomfinance.com/

Moliyaviy soha mutaxasisi Indoneziyada joylashgan fintech startapi «Blossom Finance» kompaniyasining asoschisi Metyu Martin bu sohada asosli fikr bildirgan.

«To’lov tarmog’i sifatida kriptovalyuta halol hisoblanadi. Darhaqiqat, bu soha odatdagi yopiq bank tarmoqlari taklif etadigan xizmatlardan ancha ustun. Hayotdagi bank tarmoqlarida ishlab chiqaruvchining asosiy aktivlarga egalik qilishiga hech qanday kafolat yo’q, kriptoda esa transfert muallifi asosiy aktivlarga egalik qilishiga matematik ishonch bilan kafolat beradi. Oddiy banklar islomda taqiqlangan fraksiyonel zaxira printsipidan foydalangan holda ishlaydi. Hatto zamonaviy pullardan ko’ra kriptovalyuta ko’proq halol bo’lishi mumkin. Kripto bugungi kunda keng muomalada bo’lgan har qanday valyutaga qaraganda halolroq, ammo ba’zi jihatlari shariatdagi pulning qat’iy va tor ta’rifiga sig’masligi mumkin. Zamonaviy suveren valyutalar sudxo’rlik bilan qarzga asoslangan – bu islomda qat’iyan man etilgan. Shuning uchun barcha zamonaviy pullardagi o’tkazmalar halol emas. Kripto o’tkazma esa qarzga ishlamaydi – bu ishning daliliga asoslangan va bu hech bo’lmaganda harom uning emasligi va unda haromga yo’l qo’yilmasligini bildiradi», deydi mutaxassis.

Sohaning yevropadagi musulmon mutaxasislari «Bankning kelajagi: Blockchain Sukuk sanoatining yo’qolgan aloqasi bo’lishi mumkin» sarlavhali maqola chop etib, bu yuzasidan ilmiy izlanishlarni boshlab yuborishgan. Hozirda «Blossom Finance» kompaniyasi islom moliyasiga asoslangan «Sukuk on the blockchain» sistemasida muvoffaqiyatli shar’iy bitmlarni amalga oshirib kelmoqda. Indoneziya muftiysi Muhammad abu Bakir ham blockchain va bitcoin islom qoidalariga uyg’unligi haqida asosli fikrlar bildirgan.

Agar shariat inkor qilmagan bo’lsa, odat insonlar o’rtasida hakam sanaladi. Shu sababli ham Biz musulmonlar kattaroq dunyoqarash bilan tafakkur qilishimiz shart.

Imom Molik hazratlari agar odamlar terini pul deb qabul qilsa, albatta unda ham tilla yoki kumush oldi-berdisida bo’lgani kabi ribo axkomlari joriy bo’lishi haqida aytib o’tganlar. Bugun ushbu dalil kriptovalyutalarga ham mos kelishi mumkinligini hayotning o’zi ko’rsatib turibdi.

Musulmon insonning iqtisodi ham musulmoncha bo’lishi kerak. Bilmsizlik bu qorong’ulikdir. Ilm yo’q joyda gumon va xatar bo’lishi turgan gap. Islom dini ilm va yaratuvchanlikni qoralamaydi. Bag’dod Akademiyasi, Xorazm Ma’mun akademiyasi kabi dargohlarda ulug’ bobokalonlarimiz taxsil olib, o’z ilm-ma’rifatlari bilan hozirgacha dunyo peshtoqida o’chmas ziyo sochib turganliklari hammaga ma’lum.

Kriptovalyutalarga sof baho bera olish global iqtisodiy-siyosiy masala hisoblanadi.

Muqaddas kalomimiz Qur’oni karimning bir necha o’rinlarida Allohi Ta’loning «Ey aql egalari, tafakkur qilmaysizlarmi» mazmunida oyatlari bor. Mo’min kishi bundan albatta o’ziga ibrat va xulosa olishi shart.

Balki, musulmonlarning alohida raqamli bozori, islomiy birjasini yaratish payti kelgandir. Balki, Markazlashgan alohida o’z kriptovalyutamizni joriy etib, uni «milliy kriptovalyuta» sifatida «bitcoin»lar jahon boziriga olib kirishimiz kerakdir?!

Balki, zamondan ellik yil ortda qolayotgan Yangi O’zbekistonda ham ortiqcha qog’ozbozlik, buyruqbozlik, vaqt unumdorligining yo’qolishi, korrupsiya va iqtisodiy jinoyatchilikni tag-tomiri bilan sug’urib tashlaydigan orzudagi «National uzbek(muslim) blokchain sistem» yaratishimiz zarurati bordir?!

Kun kelib bu global iqtisodiy oqim mamlakatimizga, umuman musulmon millati turmushiga ham kirib kelgach, farzandlarimiz boshqa davlatlarda yaratilib, har tomonlama o’z marrasini mustaxkam egallab olgan kriptolar bilan muomala qilishga yoki juda kech ishlab chiqilgan, «raqamli valyutalar» bozorida oson «sinib» ketadigan «yap-yangi» devalvatsion valyutamizdan foydalanishga majbur bo’lsachi?! Ana shunda axli ilmlarimizning kriptovalyutaga nisbatan qarashlari o’zgaradimi?! Yoki o’shanda ham «Kriptovalyuta aslan joiz emas, sharoitga muvofiq ta’ban joiz», degan fatvo qo’llaydilarmi?!

Alloh o’zi narx beruvchi. Rasululloh (s.a.v) yaratish ham amr qilish ham Allohning haqqi deganlar. Biz mo’minlar qazoi-qadarga, hech bir narsa behikmat emasligiga iymon keltiramiz. Yuqoridagi satrlar bir nechta axli ilmlardan savollarimizga yetarli javob ola bilmaganimiz hatto ba’zilaridan qattiq dashnom eshitganimiz uchun ham haqiqat va adolat izlab, Allohning ilxomi bilan qog’ozga tushirildi.

Alisher ABDUMALIKXON, jurnalist.

https://mangu.uz

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

Flag Counter