google-site-verification=Sfc5fgCylBWBT4bCn0bIGXyn069rrYYRjsKrCWp3uPI
O'tkazib yubormang

XXI asr o’zbek she’riyati

OSMON

Boshimda o‘tlug‘ osmon, Dudlug‘, bulutlug‘ osmon, Beshik tobutlug‘ osmon, Hirqa, sovutlug‘ osmon, Hud, behududlug‘ osmon. Yurdim yomonning yo‘lida, Qoshi kamonning yo‘lida, Rangi somonning yo‘lida, Jonim egamning qo‘lida, Zulmatli, sutlug‘ osmon. Qaydin kelub, qayga ketay, Gul bu jahonni bog‘ etay, Nodon ...

Davomi »

MUNOJOT

… Falak qah-qah urur: ko‘zlarida nam, Yig‘larmu, kularmu nurafshon shams ham, Oq-qora libosda rango-rang olam?.. O‘zina qul, banda, oshig‘i bo‘lam, Aytsam – o‘ltirurlar, aytmasam – o‘lam… Ins-jins to‘la ochun – gul, parixona, Samo – pushtipanoh, zaminim – ona, Dilda ujmoh ...

Davomi »

GO‘ZAL KELAJAK

… Kimga vafo etmish bu ko‘hna falak, Hatto Momo Havo – Navro‘z kelinchak. Atomiz Odamni ranjitgach beshak, Arosat, sinovlar tutmishdir etak… Kel, kelgil, malagim – go‘zal kelajak, Behisht bo‘yina boy, asal kelajak. Kim so‘rdi o‘zidin o‘ziga berdi, Har banda har ...

Davomi »

SOBIRJONSOY SADOLARI

Xo‘mraygan quyoshni ko‘rganmu olam? Bo‘ralab so‘kingan andalibni gul? Balkim, quyosh yonib, yig‘laydir benam, Hatto sensirashni eplolmas bulbul. Bizga nasib o‘lmish yorug‘ jahonda Botinan yig‘lab ham, zohiran kulish, G‘uncha yanoqlarda porlar gul-xanda, Shul taqvo, e’tiqod, eng ezgu yumush… *** Sizga ham ...

Davomi »

SARVI SUMANBAR

Diloromim-diloro, sho‘xi dilbar, Ko‘ngil uyina porlar ganju gavhar. Tunu kunga quyoshmu, oyi posbon, Alar ham nur jilosidin munavvar. Gulandom, Bahromu, Layliyu, Majnun, Adam dashtini kezgaylar sarosar. Ulug‘ yoshim, sen ey mo‘’jiza mo‘’jaz, Azon yangrar: gadoyu shoh barobar. Egamdin lomakonliq gul ...

Davomi »

YOLG’ON DUNYO

Yetar endi, yolg‘on dunyo yolg‘onlari, Oy ko‘ngulning ko‘lmaklarda qolg‘onlari, Erib bitg‘on muzqaymoq yosh qotg‘onlari, Shamchiroqning zulmatlarda tolg‘onlari, Ma’nan tuban nokaslarning chalg‘onlari… Yetar endi, yolg‘on dunyo yolg‘onlari… Sani hatto lochin bolang tushunmasa, Tabiatday g‘amxo‘r onang tushunmasa, Jamoatday mard bir otang tushunmasa, ...

Davomi »

HURDAY PARIVASH…

Hurday parivash qiz ekan, Oy yuzlari kunduz ekan, Qoshi kamon, qunduz ekan, Farmonlari so‘zsiz ekan, Qay bog‘din ul? Gulyuz ekan… Ko‘ksi tog‘u, ko‘ngli bahor, Orzusi billur, misli qor, O‘ng yuzda xol, bo‘ynida nor, La’li labida shahdi bor, Fikri yasanmish kuz ...

Davomi »
Flag Counter