O'tkazib yubormang

Sayt haqida

Assalomu-alaykum, harakat va intilishlari maqsadidan  yuqori bo‘lgan o‘quvchi!

Bugun dunyo o‘rgimchak to‘rida turli yo‘nalish va maqsadlarda faoliyat yuritayotgan saytlar sanoqsiz. Biz e’tiboringizga havola qilishni boshlagan ushbu saytni ma’ni-bema’ni tarmoqlar sonini to‘r ichida yana bittaga ko‘paytirish emas, oyoqqa turib tobora bo‘y ko‘rsatayotgan, aholisining asosiy qismini yoshlar tashkil etuvchi Mustaqil Vatanimizdagi bugungi yoshlar siyosatini qadrlash, hukumat tomonidan bildirilayotgan ishonchni oqlay bilish, hayotga, atrofimizda kechayotgan hodisalarga sog‘lom fikr, uyg‘oq ong bilan nazar tashlash maqsadlarida tashkil etdik.

Bundan tashqari, har qancha qulaylik va imkoniyatlar yaratilgan bo‘lmasin, aksari oldi-qochdi materiallar namoyishidan ko‘tarila olmayotgan, ta’bir joiz bo‘lsa «to‘rtinchi hokimiyat» deya nomlanuvchi jurnalistika sohasini yangi zamon ruhida, internet jurnalistikasi ko‘rinishida rivojlantirish va shu yo‘l bilan mamlakatimizdagi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirishga hissa qo‘shish g‘oyasida qadam bosdik.

Bugungi kun odamining ta’bi nozik. U har qanday axborotga ham yangilik deb qaramaydi. Mavzuga qiziqtira bilish mushkul masala. Ana shunday didi nafis o‘quvchining ko‘ngliga yo‘l, qalbiga so‘z topa bilish uchun ham rivojlangan mamlakatlarda allaqachon mavjud bo‘lgan internet jurnalistika sohasini mamlakatimiz sharoitida rivojlantirish bugunda ahamiyatli. Elektron shaklning boshqa OAVlardan afzalliklari juda ko‘p. U bir vaqtning o‘zida ham radio, ham oyinai jahon, shu bilan birga bosma nashrhamdir. Internet olami jurnalistga ham, o‘quvchiga ham juda qulay, samarasi cheksiz vosita. Faqat bu vositalardan o‘z o‘rnida foydalana bilish muhim.

Bundan tashqari internet demokratik sharoitlarning bevosita ishtirokchisihamdir. Ayniqsa, mamlakatimizda jurnalistika sohasida yangi davr boshlab berishi mumkin bo‘lgan omil ham internet jurnalistikasi desak, xato bo‘lmas. Davlatning Bosh islohotchi sifatida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishini ta’minlashi, siyosiy sohada demokratik islohotlarni milliy ruh negizida yanada chuqurlashtirishi va Qonunda belgilanganidek so‘z erkinligining ta’minlangani hamda senzuraga yo‘l qo‘yilmaslik prinspidan oqilona foydalanishni tasdiqlashida xalqimizning huquqiy onggi yanada shakllanadi va bu jamiyat turmush farovonligini ham belgilab beradi.

Davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda, ortiqcha qarsakbozliklarni yig‘ishtirib, real voqelikdan uzilmagan holda erishayotgan yutuqlarimizga tanqidiy nigoh bilan qarasakgina, Buyuk kelajak yanada ertaroq kelajak.

Darhaqiqat, aziz tengdosh! Marrani qo‘rqmasdan baland olaylik, zamon bizniki, kelajak bizniki!..

Ommaviy axborot vositasi davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risida 28.10.2014 yilda berilgan

№1037 sonli Guvohnoma.

 

® IDROK.UZ

Original_512

 DOLZARB MAVZULARDA QOG’OZ QORALAYDIGAN, QALBI QALAMIDAN HAM O’TLI VA O’TKIR BLOGERLAR BO’LSA, MARHAMAT!..

IDROK SIZGA MINBAR BO’LA OLADI!..

MUALLIF FIKRI SAYT MA’MURIYATI FIKRI BILAN FARQLANISHI MUMKIN. JAMOATCHI MUXBIRLAR TOMONIDAN YUBORILGAN VA SAYTDA CHOP ETILGAN MAQOLALARDAGI FAKTLAR VA RAQAMLARGA SAYT JAVOBGARLIKNI O’Z ZIMMASIGA OLMAYDI.

т: +99897 3430888

 https://medikal.blognokta.com/golden-lovita.phpwordpress nulled themes

Flag Counter