O'tkazib yubormang

O‘zbekistonda 827 nafar amaldor ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortildi

Adliya vazirligida adliya organlari va muassasalari tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan Hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda Adliya vaziri N.Yo‘ldoshev hisobot darida faoliyatdan kelib chiqib 72 ta normativ-huquqiy hujjat, jumladan 15 ta qonun loyihasi ishlab chiqilganini qayd etdi. Shuningdek 225 ta xalqaro shartnoma loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan. 248 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat ro‘yxatiga olingan, deya xabar beradi Adliya vazirligining matbuot xizmati xabariga tayanib, «Anhor» internet nashri.

1382167205_3

Qo‘llanilgan ta’sir choralari natijasida davlat organlarining 1195 ta noqonuniy qarorlari bekor qilinib, ijrosi to‘xtatildi, 807 nafar shaxs ma’muriy, 20 nafar aybdor mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortildi.

Sudlarga 102 milliard so‘mdan ortiq da’vo arizalar kiritilib, faoliyat ko‘rsatmayotgan 1493 ta tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyati tiklandi.

Aholiga notarial harakatlarga oid bepul maslahat berish kunlarini tashkil etish tadbirlari joriy etilib, unga ko‘ra hozirda mahalliy hokimliklar bilan birga joylarda reja asosida “bepul masalahat berish kunlari” o‘tkazilmoqda.

Majlisda shuningdek, ijro intizomini kuchaytirish soha faoliyatini tizimli o‘rganish va nazorat qilish, ish rejalarni sifatli ijrosini ta’minlash, yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi sohasini doimiy tahlil qilish va muvofiqlashtirishda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, tadbirkorlar huquqlarini sud tartibida himoya qilish, “Ishonch telefoni” bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator masalalar ham muhokama etildi hamda Hay’at majlisining qarori qabul qilindi.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

Flag Counter