O'tkazib yubormang

Ben Laden qotili kimligi aniq bo‘ldi

AQSh dengiz-havo kuchlari maxsus operatsiyalar bo‘limi “Dengiz mushuklari” harbiy xizmatchisi Robert O’Nil Daily Mail gazetasi orqali aynan uning boshchiligidagi guruh 2011 yili “Al-qoida” terrorchilik guruhi rahbarini yo‘q qilganligini e’lon qildi, deya xabar bermoqda  «Darakchi» o’z sahifasida lenta.ru xabariga tayanib.

f4e5f3cd1ffbbaa55252da84b62bb80d
Nashr tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, 38 yoshli O’Nil bilan uyushtirilgan intervyu noyabr oyida Fox telekanali orqali efirga uzatiladi. Robertning bunday qarorga kelishiga sabab harbiy xizmatdan bo‘shatilgandan keyin ba’zi imtiyozlarning ham olib tashlanganligidir.

O’Nil hozirda ham otasi bilan birga yashayotgan Montana shtatida tug‘ilgan. U harbiy xizmatga 19 yoshida qabul qilingan. Robert 400ta harbiy operatsiya, xususan Iroq va Afg‘onistondagi harakatlarda ishtirok etgan. Birinchi raqamli terrorchini o‘ldirgani uchun unga maxsus mukofot berilgan.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

Flag Counter