O'tkazib yubormang

Germaniya Termiz aeroportini ijaraga berish muddatini uzaytirdi

O‘zbekiston Germaniya HHK uchun Termiz aeroporti bazasidagi yuk tushirish va ortish transport uzelining ijarasi muddatini uzaytirgan, deya xabar beradi «Anhor».

large_4295 «Ikkala mamlakat mudofaa vazirliklari havo uzelining ijarasi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi», — deydi agentlikning suhbatdoshi. Shu bilan birga u ijaraning yangi muddati va kelishuv tafsilotlariga aniqlik kiritishdan bosh tortgan. “RIA Novosti” tarqatgan xabarga ko‘ra, shu o‘rinda O‘zbekiston harbiy bo‘lmagan yuklar tranziti uchun Termiz chekkasidagi fuqarolik aeroportini 2001 yil oxiridan buyon GFR harbiy havo kuchlariga ijaraga berayotganini qayd etish joiz. Rasmiy ijara shartnomasi 2002 yil fevralida imzolangan. 2010 yil aprelida esa ushbu aeroportdan foydalanish bo‘yicha yangi bitim imzolangan bo‘lib, uning muddati 31 oktyabrda tugadi. Bundan oldin “RIA Novosti” agentligining suhbatdoshlari Germaniya tomoni bitimni yana to‘rt yilga uzaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidlagandi. Shuningdek, OAV ushbu ob’ekt infratuzilmasini yaxshi holatda ushlab turish uchun O‘zbekiston tomoni ijara haqini oshirishni taklif qilayotganini ham ma’lum qilgandi. Qayd etib o‘tamiz, Termizdagi bazada 300 ga yaqin Bundesver askari o‘rnashgan. Germaniya aerodromdan foydalanishni boshlagandan buyon asosan undagi uchish-qo‘nish polosalarini modernizatsiya qilishga 12 mln. yevro mablag‘ni yo‘naltirdi.

O‘zbekiston hukumati hozircha ushbu vaziyatga rasmiy izoh bergani yo‘q.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

Flag Counter