AQSh prezidenti Barak Obama CNN telekanali muxbiri bilan bo’lib o’tgan suhbat chog’ida Ukrainadagi hukumat o’zgarishi va Qrimning Rossiyaga qo’shilishida AQSh ham ishtirok etganini tan oldi.
«Putin Qrim va Ukrainaga taalluqli qarorni qanaqadir buyuk rejasi borligi uchun emas, Maydandagi voqealar va biz Ukrainadagi hukumat o’zgarishlarida qatnashganimizdan so’ng Yanukovichning qochib ketishi oqibatida qabul qilgan», deydi Obama intervyu chog’ida.
Ayni vaqtda AQSh prezidenti Rossiya hukumatining Ukrainaga bo’lgan munosabati xalqaro qonunlar va Ukrainaning siyosiy birligiga ham zarar yetkazganini, natijada Rossiya diplomatik chetlanishga hamda inqirozga uchraganini, endilikda Yevropa neft narxining tushishi sharoitida Rossiya bilan iqtisodiy hamkorlikka ehtiyotroq bo’layotganini alohida ta’kidlagan.
Idrok.uz