O'tkazib yubormang

Kanada tashqi ishlar vaziri ishdan ketmoqchi

Kanada tashqi ishlar vaziri Jon Bred iste’foga chiqishga qaror qildi. Bu haqdagi arizani vazir bugun imzolashi mumkin.

Ma’lumotlarga ko’ra Bred avvalroq o’z hamkasblariga tashqi ishlar vazirligiga yangi muddatga saylanmasligini aytgan.

Ta’kidlash kerakki, 2014-yilning martida Kanada moliya vaziri Jim Flaerti ham o’z lavozimini tark etishga qaror qilgan edi. Bred ishdan ketsa, Stiven Xarper hukumatidan ikkinchi vazir o’z xohishi bilan iste’foga chiqqan bo’ladi.

AF98ED9F-6C2C-4BFF-9AFD-DCB7E5A491DD_mw1024_n_s

Manbalar xabariga ko’ra, Jon Bred bu qarorni bir necha oy davomida o’ylab yurgan va vazirlikdan ketgach, BMTning sog’liqni saqlash tashkiloti tuzilmasida faoliyat yuritmoqchi.

Eslatib o’tamiz, Bred Kanada hukumati tarkibida 20 yildan ziyod vaqt davomida ishlab keladi.

Idrok.uz

 

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

Flag Counter