O'tkazib yubormang

Qohiraga qo’poruvchilik harakatlari xavf solmoqda

Misr poytaxti Qohira shahridagi aeroprtdan ikkita portlovchi moslama topildi. Ma’lumotga ko’ra, ular ikki xil terminalda joylashgan. Moslamalar maxsus texnika yordamida aniqlangach, aeroprtda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Ayni vaqtda xavfsizlik xodimlari kuzatuv kameralaridagi yozuvlarni o’rganishmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qilgan.

pic_15ce0f828ad0d07df89fa7bc29a7ad4d

Bugun Qohira  markazidagi Tal’at Harb maydonida qo’lbola portlovchi moslamasi tufayli kuchli portlash ham ro’y bergan edi. Portlashda hech kim zarar ko’rmagan.

Eslatib o’tamiz, Qohira aeroprtida 3 ta terminal bo’lib, ulardan uchinchisi—Seasonal Flights Terminal haj mavsumida ibodatchilar uchun ochiladi.

Idrok.uz

 

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

Flag Counter