O'tkazib yubormang

Rossiya ikkinchi jahon urushidagi buzg’unchiliklar uchun Germaniyadan tovon talab qilmoqda

Rossiya davlat Dumasida Ikkinchi jahon urushida Germaniya tomonidan Sobiq ittifoqqa yetkazilgan zarar miqdorini hisoblash bilan shug’ullanuvchi maxsus guruh tuziladi. ТАСС agentligi ma’lumotlariga qaraganda, zarar miqdori hisoblab chiqilgach tovon majburiyati sifatida  Germaniyaga e’lon qilinadi.

Xalq vakillarining ushbu tashabbusini Duma deputati, Liberal partiya a’zosi Mixail Degtyarev aniqlagan. Uning aytishicha, Germaniya vakillari urushda yetkazilgan buzg’unchilik va qo’poruvchilik uchun hech qanday tovon to’lamagan. O’sha vaqtdagi Yalta kelishuvlariga ko’ra Sobiq ittifoq sovet sektoridagi ayrim nemis ulushlarini (jihozlar, kiyimlar, sanoat mahsulotlari) o’zlashtirgan xolos.

look.com.ua-10235

Deputat o’sha vaqtda Germaniya Demokrarik Respublikasidan tovon to’lash majburiyati olib tashlangan holda, Germaniya Federativ Respublikasi va Germaniyaning o’zi bilan bu borada hech qanday kelishuv amal qilinmaganligi, buning ustiga ayni kunlarda Germaniya Yevropa Ittifoqiga Rossiyaga qarshi  cheklovlar kiritib zarar yetkazishda davom etayotganini ta’kidlagan. RLDP vakili 3-4 trillion miqdoridagi tovon to’langan taqdirda mablag’ Sobiq ittifoqning qonuniy vorisi Rossiyaga o’tkazilishi kerakligini qistirgan.
Ammo rossiyalik ekspertlar tovon  da’vo qilinishi uchun davlatlararo kelishuv amalga oshgan taqdirda ham urush tugaganidan so’ng 70 yil o’tib zarar qoplashni ro’kach qilish aqlga sig’masligini aytishgan.

Avvalroq ushbu tashabbus bilan Gretsiyaning yangi bosh vaziri Aleksis Sipras ham chiqqan, biroq Germaniya hech qanday mablag’ to’lamasligini ma’lum qilgan.

Duma vakillari esa tovon bo’yicha tuzilayotgan guruh faoliyati juda muhimligini bildirgan.

Idrok.uz

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

Flag Counter