Vyetnam va Filippin hukumatlari strategik hamkorlikni rasman mustahkamlash bo’yicha kelishuvlar olib borishmoqda. Bunga sabab Xitoyning hududiy siyosati bo’yicha ikkala davlatning munosabati bir xil ekanligidadir.
«Biz hududiy muammolar bo’yicha va ayniqsa Janubiy-Xitoy dengizi borasida birdek tashvishdamiz», deydi bu borada Vyetnam tashqi ishlar vaziri Fam Bin Min. Bu haqda Agence France-Presse agentligi xabar bergan.
Aytilishicha, Xitoy hukumati juda ko’p muhim dengiz yo’llari va baliqchilik tumanlari joylashgan ushbu dengizning butun hududida nazorat o’rnatish uchun da’vogarlik qilmoqda.
Idrok.uz