Suriya tashqi ishlar vazirligi Iordaniyani «Islom davlati» terrorchilik guruhiga qarshi birgalikda kurashishga chaqirdi. Bu haqda Suriyaning SANA nashri xabar bermoqda.
Bundan tashqari Suriya hukumati iordaniyalik uchuvchi Kassabexaning qatl etilishini terrorchilarning jirkanch qiliqlari sifatida baholadi.
Hozirda Iordaniya ID ga qarshi kurashayotgan AQSh koalitsiyasi tarkibiga kiradi. Avvalroq AQSh tomoni koalitsiyaga Suriyaning kiritilishini yoqlamagan edi.
Idrok.uz