Kenterberriy arxiyepiskopi Jastin Uelbi xudo haqidagi gaplari uchun tanqidlarga uchragan angliyalik aktyor Stiven Frayni himoya qilib chiqdi. Bu haqda The Times xabar bermoqda.
Oldinroq Fray o’z intervyularidan birida Xudoni uchiga chiqqan tovlamachi va o’zini o’ylaydigan xudbin deb atagan edi.
Uning so’zlariga ko’ra, insonlar va tabiatning shafqatsizligi ortida aslida yaratganning ana shunday shafqatsiz hislatlari yotadi.
Uelbi esa aktyor xudo haqida o’z qarashlarini aytishga to’la haqli ekanini ta’kidladi.
Idrok.uz