AQSh davlat kotibi Jon Kerri rasmiy tashrif bilan Ukrainaga kelib «Borispol» aeroportiga qo’ndi. Bu haqda INTERFAX.RU ma’lumot bermoqda.
Tashrif doirasida kotib Ukraina prezidenti Petr Poroshenko, bosh vazir Arseniy Yatsenyuk, ichki ishlar vaziri Pavl Klimkin va parlament vakillari bilan uchrashishni rejalashtirgan.
Muloqot chog’ida mamlakatning sharqidagi vaziyatni yumshatish choralari va islohoti bo’yicha masalalar muhokama etilishi belgilangan. Ukraina vakillarining so’zlariga ko’ra, tashrif AQShning mamlakatga bo’lgan e’tiborini ifoda etadi.
Idrok.uz