AQSh qurolli kuchlari qo’mitasi a’zolari «Islom davlati» terrorchilik guruhining iordaniyalik uchuvchini tiriklayin yoqib yuborgan sahnasi aks etgan videorolik internetda e’lon qilinganidan so’ng Iordaniya qiroli Abdulla bilan uchrashdi. Bu haqda Al Arabiya nashri xabar berdi.
Ushrashuv ishtirokchilaridan biri Dunkan Xanterning so’zlariga ko’ra, qirol videodan darg’azab bo’lib «Islom davlati» o’zlarini qanday qasos kutayotganini bilishmaydi», degan va Klint Istvudning «Kechirilmas» (1992-yil) filmidagi iborani ishlatgan. Ammo Xanter qirol aynan qaysi iborani ishlatganini aytmagan.
Idrok.uz