Qatar «Iroq va Livan Islom davlati» bo’yicha xalqaro koalitsiya doirasida AQShni Suriya qurolli kuchlariga hujum uyushtirishga chaqirdi. Bu haqda MIGnews xabar bergan.
Qatar tashqi ishlar vziri Xolid bin Muhammad al-Atiya Vashingtondagi davlat departamentidagi uchrashuv chog’ida «»ILID» bo’yicha xalqaro koalitsiya o’z faoliyatini kengaytirib Suriya armiyasiga ham hujum qilish haqida o’ylab ko’rishi kerak», deya fikr bildirgan.
Idrok.uz