O'tkazib yubormang

DUNYONING SIRLI MILLIARDERLARI


Insoniyat doim sirlar va yashirin narsalardan xabardor bolishga intiladi. Atrofga qaraydigan bo’lsak, hayotimizdagi har bir narsada ma’lum sir yashirin. Hozirda dunyo boylari orasida ham hech kim tanimaydigan va bilmaydigan bir toifa insonlar ham borki, balki ularning o’zlari ham milliarder ekanligini bilishmas.

Bu boylar hozirgi zamonaviy dunyoning eng birinchi kriptovalyutasi hisoblangan BITKOIN egalari ya’ni ushbu coinlarning yirik salovchilari -HOLDER’lardir.
Bitkoin hozirda eng mashhur va qiymati jihatdan yuqori baxolanuvchi kriptovalyuta hisoblanadi. 2008-yilda yaratilgan lekin hozirgacha uni kim yaratganligi haqida ham aniq ma’lumotlar yo’q. Ilk yaratilgan kuni $0,03 narxda sotila boshlangan Shu kunlardagi bitkoin narxining ko’tarilishi butun dunyoda unga bo’lgan qiziqishni yanada orttirib yubordi. Endi bir qiziqarli savol tug’iladi. Narxning ko’tarilishidan eng ko’p kim foyda oladi?.

Eng katta foydani yuqorida aytib o’tgan HOLDERLAR olishadi. Hold qilish jarayoni ma’lum bir vaqt talab qiladi ya’ni holder orticha mablag’lariga ma’lum muddat faqat sotib olib qo’lidagi bitkoinlar sonini ko’paytirib boradi. Tabiiyki , narx oshishi bilan holder boshqalardan ko’ra ko’proq foyda ko’radi . Chunki u oldin olib qo’ygan aktivlarini boshqalardan ko’ra arzon narxda olib qo’ygan bo’ladi va qanchadir muddat kutadi.

E’tibor beradigan bo’lsak, shu haftada dunyo matbuotida eng kop yozilgan xabar bu bitkoin narxining 42 ming dollirga chiqanligi bo’ldi. Bu kabi xabarlarni ko’rganimizdan keyin esa qiziqishimiz ortib eng ko’p bitkoin saqlayotgan kishini ya’ni holderni bilmoqchi bolib internetni qidirdik. Qanchadir ma’lumot topa oldim lekin eng asosiy ma’lumotlarga ko’zimiz tushmadi uni na ismi bor na familyasi. Hozirda eng kop bitkoin saqlayotgan odamni qo’lida (u kim bolsa ham ) 141 451 ta BTC bor ekan . Statiskasiga qarasangiz, u 2019- yildan buyon faqat bitkoin sotib olgan va umuman sotmagan. Undagi bitkoinni bugungi narx bilan hisoblab ko’rdim 6 mlrd dollorga yaqin mablag’.

Mana bizga dunyoda hech kim ismini bilmeydigan sirli milliarder. Ishonamizki, bunday holderlarni sanab chiqsak dunyo milliarderlari soni anchayin ko’payib qoladi. Bularning ichida o’zini milliarder ekanligini bilmeydiganlari ham bordir ehtimol. Qiziq tog’rimi?! Milliarder bo’lsang-u o’zing bilmasang. Bularning bari aql sabr va ishonch mahsuli hayotni oldindan ko’ra bilish va tavakkal qila olish natijasidir.

Dunyo kun sayin o’zgaryapti endi bizni ham o’zgarish vaqtimiz kelgandir balki. Bir donishmand aytganidek, vaqt odamiga qarab ikki xil bo’ladi, qimmat yoki arzon. Endi yaxshilab o’ylab ko’raylik vaqt biz uchun arzon narsami yoki qimmat?!

Jahongir IZZATILLAYEV, talaba, siyosatchi.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

Flag Counter