O'tkazib yubormang

TIK-TOK VA INSTAGRAM BILAN »RENESSANS» QURMOQCHI BO’LAYOTGAN YOSHLAR- Ba’zi bir yoshlarimiz uchun ko’zgu.

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar kun sayin kundalik hayotimizning bir bo’lagiga aylanib bormoqda . Ayniqsa, dunyo miqyosida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining katta qismini yoshlar tashkil qiladi. Bizning yurtimizda ham shunday holatni ko’rish mumkin. Yurtimiz yoshlari orasida eng mashhur ijtimoiy tarmoqlar shubxasiz , INSTAGRAM va TIK-TOK.

Kuni kecha O’zbekiston tarixida birinchi bor hukumat rahbarlari va yoshlar o’rtasida muloqot o’tkazish, yoshlar savollariga javob berish va yoshlar takliflari bilan tanishish maqsadida YOSHLAR FORUMI o’tkazildi.Ushbu forumni yoshlar uchun katta imkoniyat deb aytish mumkin edi. Chunki barcha hukumat, vazirliklar rahbarlari ishtirok etishdi va yoshlardan yurtimiz rivojlanishiga xizmat qiladigan takliflarni eshitish uchun kelishganligini aytib o’tishdi .O’zimiz ham ushbu forumda ishtirok etib muloqotlarda qatnashdik . Yoshlardan eng yaxshi takliflar va savollarni kutilgan edi .

Afsuski, ba’zi bir yoshlarimizning befarqligi va e’tiborsizligini ko’rib, hayron bo’ldik. Bir tomonda vazirlik raxbarlari saxnada yoshlar! biz sizlardan takliflar olgani maslaxatlashgani keldik deb qayta-qayta ta’kidlab o’tishdan charchamayapti ,bir tomonda esa kelajakni yaratadigan yoshlarimiz suratga tushish ,instagram va tik-tokka post joylashtirish, video joylashtirish bilan band . Forum boshidan oxirigacha shu axvolga guvoh bo’ldik. Haqiqatda achinarli holat. Yonimizda o’tirgan yoshlari katta o’qituvchi ayol bunday holatdan xafa bo’lib » Yana qanday imkoniyat bersa boladi yoshlarimizga nahotki, shunchalik befarq bo’lishsa » deb aytgan so’zlari juda o’rinli edi.

Chindan ham , forumdagi ba’zi biz yoshlarimizning so’zlari odamni xafa qiladi.Bir kishi chiqib, xojatxona haqida gapiradi , bir kishi chiqib buzilgan pianiono klavishlari, bir kishi esa tik -tokka suratga tushish bilan band. Balki ishtirokchilar o’rtasida xaqiqatda eng yaxshi takliflari bilan kelgan yoshlar bo’lgandir. Lekin ular o’z takliflarini bildira olishmadi. Chunki instagramchi va tik-tokchi yoshlarimiz bunga imkon berishmadi , ularning tinmasdan u yoqdan-bu yoqqa yurib suratga, tik-tokka videoga tushishlarini ortidan qanchadir vaqt boy berildi. Bunday avolda qanday qilib RENESSANS qurish mumkin. Renessans faqat kuchli bilim va salohiyat bilangina quriladi, behudaga vaqt sarflash , suratga tushish, videoga tushish instagram yoki tik-tok bilan emas. Yurtimiz rivojlanishi va kelajagi uchun befarq bo’lmagan yoshlarga aytgan bo’lardik, kelajakni faqat sizlar yaratishingiz mumkin. TIK-TOK va instagram bilan esa faqat ma’naviy qoloqlik renessansini qurish mumkin xolos. Mayli balki bu tarmoqlarni zamonaviylik bilan bog’larmiz, lekin hamma narsani o’z me’yori va vaqti bor. Doimo biz yoshlar uchun vatan taqdiri muhim bo’lishi kerak emasmi. Nega yanada birlashib, yurtimiz rivojlanishi uchun harakat qilish o’rniga, vaqtimizni behuda o’tkazyapmiz. Chunki biz o’z renessansimizni yaratishga qodirmiz. Buning uchun barchamiz o’zimizdagi bilim va salohiyatni birlashtirib harakat qilsak bo’lgani.

Balki ushbu yozganlarim ba’zi bir yoshlarimizga erish tuyilar, balki kimdir o’ zing ham instagram va tik-tok ishlatarsan degan savollar berayotgandir . Kimgadir rost , kimgadir yolg’on, men hech qachon instagram va tik-tokdan foydalanmaganman bunday niyatda ham emasman.
Bir donishmand aytganidek , vaqtni qadriga yetgan inson , buyuk bo’lishga xaqli. Keling, biz ham o’tayotgan vaqtimizga bir nazar tashlab ko’ramiz, biz ham buyuk ishlarga qodirmizmi?!

Izzatillayev Jahongir. talaba , siyosatchi

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

Flag Counter