O'tkazib yubormang

DUNYONING KELAJAKDAGI EXTIMOLIY VALYUTA ZAXIRASI -YUAN YOKI KRIPTOVALYUTA.

Qadimgi dunyo tarixiga nazar soladigan bo’lsak , dunyoga tanilgan davlatlar har biri o’z qudratini oshirish uchun yirik pul islohotlarini o’tkazgan. Masalan Aleksandr Makedonskiy, Fors podshoxi Doro-1, Amir Temur kabi tarixda nomlari mashhur hukmdorlar. Ular tangalar zarb ettirib, ichki va tashqi savdoda keng muomalada bo’lishiga harakat qilishgan . Ushbu tangalar xalqaro savdoda keng muomalada bo’lishi davlatlar kuch qudratini yanada oshirishga yordam bergan. Davlatlar qudrati oshgani sayin, uning pul birligi ta’siri ham kengayib boravergan. Bunga bir necha tarixiy faktlar va topilmalar misol bo’lishi mumkin.

Zamonaviy dunyoda Amerika pul birligi dollir, shunday maqomga ega bo’lib kelyapti. Dollirning uzoq vaqt davomida dunyoning asosiy valyuta zaxirasi maqomini saqlab qolishi uning iqtisodiy, siyosiy kuchiga bog’liq bo’lgan. Tarixan oladigan bo’lsak, AQSH davlati tashkil topganda deyarli hech qanday tasirga ega emasdi. Xalqaro savdo turli usullar bilan amalga oshirilar edi . Birinchi Jahon urishidan keyin AQSH ta’sir doirasi kengaydi. Bunga sabab urish natijasida boshqa qudratli davlatlarning zaiflashlashgani va ta’sirini yo’qotgani edi. Bu esa AQSH ni dunyoning eng qudratli davlatiga aylantirdi va tabiiyki , uning pul birligi dunyoni egalladi. Yuqorida aytganimizdek, biron davlatning puli dunyo miqyosida keng muomalada bo’lishi, ushbu davlatning iqtosodiy va siyosiy kuchiga bog’liqdir.

Keling endi hozirgi davrni taxlil qilgan holda kelajakni taxmin qilishga harakat qilamiz ?!. Bilamizga hozir dunyoda AQSH bilan iqtisodiy, siyosiy raqobat qila oladigan davlatlar shakllanib kelyapti. Birinchi o’rinda, albatta Xitoy davlati. Xitoy harbiy, siyosiy, iqtisodiy jihatdan Amerika bilan bir xil kuchga ega. Dunyo miqyosida ham tasir doirasi katta. Bu esa Xitoy pul birligi Yuan ni Xalqaro valyuta zaxirasi sifatida shakllantirishi mumkin. Xitoy davlati ham sekin asta qudratini oshirgan holda, bunga harakat qilyapti. Agar buni davlat kuchiga bog’liqligini hisobga olsak, Xitoy shu taxlit rivojlanishda davom etsa, maqsadiga yetish extimoli katta. Lekin boshqa yirik davlatlar dunyo iqtisodiyoti Xitoy pul birligiga bog’lanib qolishidan manfaatdor emas. Shu bois boshqa alternativ pul birligini yaratishga harakat qilishyapti va bu borada dunyoning eng kuchli iqtisodchilari, IT mutaxasislari, matematiklar ish olib borishyapti. Global ekonomikananing asosiy maqsadi hech bir davlatga bog’liq bo’lmagan xalqaro valyutani yaratishdir.

Bu jarayoning eng katta yangiligi albatta tez tez eshitganimiz KRIPTOVALYUTADIR. Kriptovalyutanning afzalliklari juda ko’p. Birinchidan, uning dunyo iqtisodiyotida qo’llanilishi biron davlatga bog’liq bo’lmaydi. Inflatsiya darajasini kamaytiradi. Xalqaro pul o’tkazmalari vaqtini qisqartiradi. Bu kabi afzalliklar bilan birga kriptovalyuta ham bir nechta kamchiliklardan holi emas. Hozirda dunyoning yirik davlatlari ushbu kamchiliklarni bartaraf etish va iqtisodiyotda kriptovalyutalarga o’tish bo’yicha strategik rejalar ishlab chiqishgan,katta mablag’lar yo’naltirishgan va hozirgi kunda bu borada sezilarli yutuqlarga erishildi. Agar shu harakatda davom etilsa, dunyo iqtisodiyotida kriptovalyutalar dollirni ortda qoldirish extimoli katta.

YASHA YASHASHGA QO’Y VA YASHASHGA YORDAMLASH.

(Ralf Uoldo Emerson)

Jahongir IZZATILLAYEV. analitik. siyosatchi.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

Flag Counter